Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin hukumatga favqulodda vaziyat rejimini kiritish vakolatini berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga favqulodda vaziyat rejimini kiritish vakolatini beruvchi qonunni imzoladi.
Foto: TASS
Hujjatga ko‘ra, hukumat yagona ogohlantirish tizimi va favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtirishi mumkin.
Shuningdek, vazirlar mahkamasi tibbiy ashyolar savdosini cheklash, harbiy holatlar, favqulodda vaziyatlar sharoitida foydalanish, atrofdagilarga xavf tug‘diruvchi kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun mo‘ljallangan dorilar va tibbiyot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda muomalaga kiritilishining alohida tartibini kiritish huquqiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, vazirlar mahkamasiga bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga moratoriy kiritish imkoni beriladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalingan 2777 nafar bemor aniqlangan, 24 kishi vafot etdi, 190 kishi tuzaldi.
Mavzuga oid
21:09 / 13.05.2026
Rossiyadagi fabrikada o‘zbekistonlik va bangladeshlik ishchilar mushtlashdi
09:07 / 13.05.2026
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
14:09 / 12.05.2026
Rossiya uch kunlik sulhdan keyin Ukrainaga hujumlarni yana boshladi
09:13 / 12.05.2026