Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin koronavirusga chalingan shifokor bilan muloqotdan keyin masofadan ishlashga o‘tdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Kommunarka posyolkasidagi shifoxona bosh shifokori Denis Protsenkoda koronavirus aniqlangandan keyin masofadan ishlay boshladi. Putin 24 mart kuni koronavirusga chalinganlar uchun mo‘ljallangan shifoxonaga tashrif buyurganda Protsenko bilan tibbiy niqobsiz muloqot qilgan va u bilan qo‘l siqishgan.

Foto: Yahoo
Ta'kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Putin shundan keyin qayergadir g‘oyib bo‘lgani haqida gaplar yura boshlagan: 25-27 mart kunlari u haqida tayyorlangan syujyetlar ko‘proq oldindan yozib olinganga o‘xshagan.
Putinning shifoxonaga tashrifi vaqtida Protsenko bilan, shuningdek, Moskva meri Sergey Sobyanin, bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova, sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko va Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ham muloqot qilgan. Ularning barchasi shifokor bilan niqobsiz suhbatlashishgan va qo‘l siqishishgan. Sobyaninning matbuot kotibi Gulnara Penkova merning sog‘lig‘i joyidaligi, u tibbiy nazoratda ekanligi haqidagi qisqacha izoh bilan kifoyalanib qolgan.
Bu orada Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, o‘shanda prezident bilan Kommunarkada bo‘lganlarning barchasi har kuni koronavirusga test topshirmoqda. Ta'kidlanishicha, 1 aprelda Putin vazirlar bilan birinchi marta masofadan yig‘ilish o‘tkazishi rejalashtirilgan. Keyinroq Putin yana bitta yig‘ilish o‘tkazishi, biroq bu safar yig‘ilish yopiq tartibda o‘tishi belgilangan.
“Barcha uning masofadan ishlayotganini ko‘radi”, deb aytgan Peskov. Shu bilan birga u Putin o‘zini izolyatsiya qilish kerakligiga o‘rnak ko‘rsatishi haqidagi gaplarga qo‘shilmasligini aytgan. “Prezident odatda namoyishkorona choralar emas, amaliy choralar ko‘radi”, deb aytgan Peskov. Uning ta'kidlashicha, koronavirus xavfi sababli Rossiya prezidenti suhbatdoshlari bilan qo‘l berishib so‘rashmay qo‘ygan, chunki hozirda “hamma ijtimoiy masofalashuvga rioya qilishi” lozim.
Peskovning ta'kidlashicha, Kremlda Protsenko Putin bilan uchrashuvdan oldin koronavirusga test topshirgani-yo‘qligini bilishmaydi. “Biz buni bilmaymiz. Men yana bir bor takrorlayman, u [Protsenko] yoniga prezident kelayotganini hattoki bilmagan”, deb javob qilgan Peskov “Vedomosti” nashri savoliga.
Uning aytishicha, Kremlda koronavirusdan saqlanish uchun barcha ehtiyotkorlik choralari ko‘rilmoqda.
O‘z navbatida koronavirusga chalingan Denis Protsenko o‘zini yaxshi his qilayotganini va o‘z ishchi xonasida izolyatsiyada ekanini aytgan.
Yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Yevgeniy Timakov “Kommersant” nashrining Protsenko Putinning tashrifi vaqtida virusga chalingan bo‘lgani yoki bo‘lmagani haqidagi savoliga javoban “odam koronavirus alomatlari paydo bo‘lishidan 2 kun avval yuqumliga aylanishini” ma'lum qilgan. “Vladimir Vladimirovich Kommunarkada bo‘lganda, Denis Protsenko yuqumli bo‘lgani ehtimoldan uzoq”, deb hisoblamoqda mutaxassis.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Global brendlar talabi uchun yuqori navli paxta kerak” – investitsiyalar vazirligi mas’uli AQShdan paxta import qilinishiga izoh berdi
Iqtisodiyot | 21:07
-
Isroil bir nechta davlat bilan falastinliklarni ko‘chirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda – OAV
Jahon | 21:01
-
Erdo‘g‘an muxolifat yetakchsini sudga berdi
Jahon | 20:38
-
Oq uy: Trampga sanksiyalardan ko‘ra diplomatiya muhimroq
Jahon | 20:19
Mavzuga oid

11:39
«U kelyapti, men borganim yo‘q» – Alyaska sammiti kimga ko‘proq kerak?

23:37 / 13.08.2025
Politico Tramp va Putin uchrashuvi oldidan Ukrainaning talablarini e’lon qildi

22:20 / 13.08.2025
AQSh Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazish uchun joy qidirmoqda - CBS

18:37 / 13.08.2025