Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vaziri almashtirildi
Bugun Qirg‘iziston parlamenti bosh vazirligiga Aida Ismoilova va sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga Sobirjon Abdukarimov nomzodlarini tasdiqladi. Nomzodlar prezident tomonidan ko‘rsatilgan.
Bir kun avval Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov raisligida Xavfsizlik kengashining toraytirilgan tarkibdagi navbatdagi majlisi o‘tkazilgan edi.
Jeenbekov koronavirusga qarshi respublika shtabi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini birinchi navbatda virus yuqtirganlar bilan kontakt qilgan shaxslar o‘z vaqtida aniqlanmagani tufayli qattiq tanqid ostiga oldi. Bu mamlakat hududida kasallik tarqalishining qo‘shimcha omili bo‘lib xizmat qilgan.
Ushbu yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Oltinoy O‘murbekova va sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cho‘lponboyev egallab turgan vazifasidan ozod qilingan. Prezident bu borada farmon imzolagan.
Foto: Kloop.kg
Yangi mulozimlarni vazifasiga tayinlash uchun parlamentda ovoz berish jarayonini o‘tkazildi. 24.kg xabariga ko‘ra, Aida Ismoilova uchun parlamentning jami 120 nafar deputatidan 91 nafar, Sobirjon Abdukarimov uchun 95 deputat ovoz bergan.
Spiker Dostonbek Jumabekov Aida Ismoilovada sohaviy qo‘mitalarda ishlash tajribasi borligini ta'kidlab, bu tajriba unga yangi ish o‘rnida qo‘l kelishini aytib o‘tdi. U shuningdek, Vazirlar Mahkamasining yangi a'zolari hukumatda koronavirus bilan bog‘liq joriy vaziyatdan chiqishda yordam bera olishlariga umid qildi.
Spiker shuningdek koronavirusga qarshi kurashish jamg‘armasiga 4 million qirg‘iz so‘mi tushganini ham e'lon qildi. Bu – parlament a'zolarining bir oylik maoshi.
Ma'lumot uchun, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 111 nafarni tashkil etmoqda. Hozircha o‘lim holati qayd etilmagan.
Tavsiya etamiz
Dubay amirining qarindoshi 50 mln yevro evaziga tutqunlikdan ozod qilindi
Jahon | 21:18 / 04.11.2025
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
O‘zbekiston | 20:36 / 03.11.2025
Afg‘onistonda nima uchun zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladi?
Jahon | 19:36 / 03.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
O‘zbekiston | 19:07 / 02.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp yadroviy sinovlarni qayta boshlash niyatini tasdiqladi
Jahon | 13:57
-
Namangan, Samarqand, Urgut - aholi soni bo‘yicha birinchi uchlik
O‘zbekiston | 13:30
-
Qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida AQShga 3 mingdan ziyod o‘zbekistonlik bordi
O‘zbekiston | 13:28
-
«Barsa» ochko yo‘qotdi, «Siti»da yirik g‘alaba. YeChLda kun o‘yinlari
Sport | 13:17
Mavzuga oid
12:27
Qirg‘iziston Suriya xalqiga 150 tonna insonparvarlik yordami yubordi
18:53 / 24.10.2025
Qor qoploni rasman Qirg‘iziston milliy ramzi sifatida tan olindi
13:59 / 22.10.2025
O‘zbekistonda besh davlatning harbiy mashg‘ulotlari yakunlandi
18:11 / 21.10.2025