Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada koronavirusga chalinganlarni sog‘ayib ketganlar qoni bilan davolashmoqda
Italiyaning Paviya provinsiyasida (Lombardiya regioni) koronavirusga chalinganlarni undan sog‘ayib ketganlarning qon plazmasi (qonning suyuq qismi) bilan davolash boshlandi.
Bu haqda ANSA axborot agentligi xabar berdi.
“Ba'zi bemorlar koronavirusdan sog‘ayganlarning antitanalarga ega qon plazmasini olishdi”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, Paviyada birinchilardan bo‘lib koronavirusga chalingan er-xotin shifokor hozirda davolanayotgan bemorlar uchun qon donori bo‘lishgan.
Avvalroq xitoylik shifokorlar sog‘ayib ketganlar qonida koronavirusga qarshi antitanalar topilgani sababli uni kasallarga quyish yaxshi samara berishini ma'lum qilishgandi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026