Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi g‘alaba paradi kuzga ko‘chirilishi mumkin - RBK
Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan 9 may kuni o‘tkaziladigan parad koronavirus pandemiyasi sababli kuzga ko‘chirilishi yoki tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi mumkin.
Rossiya hukumati harbiy paradni o‘tkazishning bir nechta variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi va prezident ma'muriyatiga yaqin manbalarga tayanib RBK nashri xabar berdi.
Parad o‘tkazilishining asosiy variantlari ikkita bo‘lib, birinchisiga ko‘ra, parad to‘liq formatda kuzda yoki 9 may kuni tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.
Birinchi variantda parad Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 75 yilligiga bag‘ishlanadi. Shuningdek, paradning noyabr boshiga ko‘chirilishi varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov g‘alaba paradi o‘tkazilishi bo‘yicha hech qanday o‘zgarishlar qabul qilinmagani, biroq vaziyat kuzatilayotganini aytgan.
Koronavirus pandemiyasiga qaramay, Moskva viloyatida paradga tayyorgarlik ketmoqda.
Paradga ko‘plab davlatlar yetakchilari taklif qilingan. Peskovning ma'lum qilishicha, ularning paradga kelishiga tayyorgarlik davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026