Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lash muddati uzaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Foto: Prezident matbuot xizmati (arxiv)
Farmon bilan, aholini pandemiya xavfi yuzaga kelgan davrda kuchli ijtimoiy himoya qilish mexanizmlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, joriy yilning mart–iyun oylarida to‘lash muddati tugaydigan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordamlarni to‘lashni yangi muddatda davom ettirish to‘g‘risidagi ariza hamda boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda 6 oy muddatga tanaffussiz davom ettirilishi belgilandi. Bunda o‘rnatilgan tartib, bola tegishlicha 2 yoshga va 14 yoshga to‘lgunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga amal qiladi.
Ta'kidlanishicha, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lashni uzaytirish bilan bog‘liq xarajatlar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironlarni bepul ta'minlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarining ro‘yxati, karantin tadbirlari amal qilishi davrida, bir martalik niqoblar, antiseptik vositalar va bakteriyaga qarshi sovunlar jamlanmasi bilan to‘ldiriladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ko‘riladigan choralar natijasida nafaqa oluvchilar soni 596 mingdan 719 ming nafargacha oshadi.
Bundan tashqari, bir qator oziq-ovqat va ayrim turdagi tibbiy-gigiyenik vositalarni import qilishda boj va aksiz solig‘ining nol qiymati o‘rnatildi.
Mavzuga oid

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

10:10 / 21.05.2025