Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya davrida tadbirkorlar va turizmga ko‘mak berish rejalari ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Foto : KUN.UZ
Farmon bilan, turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi sub’yektlar, Uzbekistan Airways AJ va uning tarkibiy bo‘linmalari, Uzbekistan Airports AJ va «O‘zaeronavigatsiya markazi» DUK 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, qayd etilgan sub’yektlari ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida to‘lashi belgilandi.
Bundan tashqari, joriy yil oxiriga qadar, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 milliard so‘mdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qo‘llaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar ushbu soliqni har oy emas, balki choraklik asosda hisoblash va to‘lash huquqiga ega bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlarga, shu jumladan 2020 yil 1 aprelga qadar aniqlanganlarga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, shuningdek, ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha oshirilgan stavkalarni qo‘llash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish choralarini ko‘rish tartibi to‘xtatiladi.
Karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qat’iy belgilangan summasini va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatiladi. Bunda faoliyatni to‘xtatganlik to‘g‘risida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali davlat soliq xizmati organlari xabardor qilinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnomani topshirish talab etilmaydi.
O‘z faoliyatini to‘xtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumi joriy yilning birinchi choragidagi o‘rtacha oylik miqdoriga nisbatan 50 foizdan ko‘proqqa kamaygan mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda 2020 yil 1 oktyabrga qadar quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etiladi:
— mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha – ularni keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan,
— ijtimoiy soliq bo‘yicha – uni keyinchalik 6 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan.
Joriy yilning oxiriga qadar spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo uchun aksiz solig‘i, shuningdek, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘ining amaldagi stavkalari saqlanib qolinadi.
2020 yil 1 apreldan boshlab yuridik shaxslar tomonidan gaz va elektr energiyasi bo‘yicha oldindan haq to‘lash to‘g‘risidagi majburiy talab 30 foizgacha pasaytiriladi.
Tavsiya etamiz
Boku – Moskva nizosi til masalasiga yetib keldi
Jahon | 09:05 / 04.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
Jahon | 19:40 / 03.09.2025
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyadagi oromgohlarga o‘zbekistonlik bolalar jalb qilinadi
O‘zbekiston | 07:48
-
Mers Ukraina xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha o‘z rejasini taqdim etadi
Jahon | 07:39
-
O‘zbekistonda Singapur modeli asosida maxsus iqtisodiy zona tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 07:26
-
Tramp Hindiston ilan kelishuv rejasini uning Rossiyadan eksporti tufayli rad etdi
Jahon | 07:25
Mavzuga oid

07:45 / 05.09.2025
Toshkent–Abakan yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

13:34 / 03.09.2025
O‘zbekistonga Xitoydan keluvchi sayyohlar soni 3 mlnga yetkaziladi

07:57 / 02.09.2025
O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqi va AQShdan o‘n minglab sayyohlar keldi

07:38 / 01.09.2025