Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlin AQShni Germaniyaga mo‘ljallangan niqoblarni qaroqchilarcha egallab olishda aybladi
Donald Tramp Koreya urushi davrida qabul qilingan qonundan foydalanib, ushbu niqoblarni ishlab chiqaruvchi AQShning 3M korporatsiyasiga o‘z tibbiy mahsulotlarini boshqa davlatlarga eksport qilishini taqiqlagan.
Berlin hukumati Germaniyaga mo‘ljallangan 200 ming dona tibbiy niqob Amerikaga jo‘natilganidan so‘ng AQShni "zamonaviy qaroqchilik"da aybladi.
Berlin ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Andreas Gizelning so‘zlariga ko‘ra, Berlin politsiyasi uchun mo‘ljallangan Amerikada ishlab chiqarilgan FFP2 tibbiy niqoblari Bangkokda musodara qilingan va AQShga jo‘natib yuborilgan.
Andreas Gizel Berlinga mo‘ljallangan niqoblarning egallab olinishi "zamonaviy qaroqchilik" ekanligini ta'kidladi va Tramp ma'muriyatini xalqaro savdo qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.
"Transatlantikaviy hamkorlarga nisbatan bunday qilinmaydi. Hattoki global inqiroz davrida ham Yovvoyi G‘arb uslubini qo‘llash mumkin emas", dedi u.
Donald Tramp Koreya urushi davrida qabul qilingan qonundan foydalanib, ushbu niqoblarni ishlab chiqaruvchi AQShning 3M korporatsiyasiga o‘z tibbiy mahsulotlarini boshqa davlatlarga eksport qilishini taqiqlagan.
"Bu mahsulotlar ichki iste'molimiz uchun zudlik bilan zarur. Biz ularni olishimiz shart", - dedi Tramp.
Yevropadagi boshqa mamlakatlarning vakillari ham amerikaliklarning tajovuzkorona xaridlaridan norozi bo‘lmoqda.
Masalan, Fransiyadagi regional rahbarlar amerikaliklar tibbiy mahsulotlarni shundoqqina ularning burni ostidan sotib olib ketayotganidan shikoyat qilmoqda.
"Men niqoblar partiyasini topdim, ammo amerikaliklar, men Amerika hukumati haqida gapirmayapman, amerikaliklar uch baravar qimmat narx taklif qilishdi va buning ustiga, oldindan pul to‘lashga tayyorligini aytishdi", - deydi Il-de-Frans regional kengashi rahbari Valeri Pekresse.
3M kompaniyasi oyiga 100 mln donaga yaqin N95 respiratorlarini ishlab chiqaradi, ularning qariyb uchdan bir qismi AQShda, qolgan qismi esa boshqa mamlakatlarda tayyorlanadi.
Mavzuga oid
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03 / 12.06.2026
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05 / 12.06.2026