Jahon | 21:14 / 04.04.2020
25837
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus xavflilik darajasi bo‘yicha boshqa viruslar bilan taqqoslandi

Paster nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-ishlab chiqarish instituti direktori o‘rinbosari Aleksandr Semyonov Noila Asqar-zodaning «Xavfli virus» filmida koronavirusning hayot uchun xavfini boshqa infeksiyalar bilan taqqosladi.

Foto: Getty Images

Semyonovning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim holatlarini koronavirusga nisbatan ko‘proq keltirib chiqaruvchi viruslar bor. U Yaqin sharq respirator sindromi virusi (MERS) va g‘ayrioddiy zotiljam virusini (SARS) misol qilib ko‘rsatdi.

Olimning ta'kidlashicha, koronavirus epidemiyasi hali o‘tib ketgani yo‘q, shuning uchun yakuniy xulosa chiqarishga hali erta.

Avvalroq tibbiy ekspertlar gripp va koronavirus o‘rtasidagi farq haqida aytishgandi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, gripp epidemiyasini «jamoaviy immunitet» to‘xtatadi. Ko‘plab insonlar gripp virusiga chalinganidan so‘ng u boshqalarga yuqmaydi va yo‘qolib ketadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid