Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 266tani tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.
So‘nggi kunlarda koronavirusdan zararlanish holatlari qayd etilishi keskin o‘smoqda - 2-4 aprel kunlari O‘zbekistonda jami 75 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi.












