Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda soxta stiker bilan yurgan 21 yoshli haydovchiga jinoyat ishi ochildi
Endi u kamida 11 150 000 so‘m jarima to‘lashi mumkin.
IIV YHXBB Axborot xizmati
2 aprel kuni soat 16:40larda Andijon viloyati IIB YHXB inspektori E.Yuldashev Andijon shahar Mashrab ko‘chasi Lermontov chorrahasida haydovchi S.D. (1999 y.t.) boshqaruvida bo‘lgan «Spark» avtomobilini to‘xtatib, avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarini so‘ragan.
IIV YHXBB Axborot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, haydovchi S.D. «Karantin Sovid-19» yozuvli 01/0000916 raqamli maxsus ruxsatnomani ko‘rsatib, Toshkent shahar hokimligi tomonidan berilganini aytgan.
Surishtiruv ishlariga ko‘ra, ushbu ruxsatnoma qalbakilashtirilib tayyorlangani ma'lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan S.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu moddaga asosan, u BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid
21:51
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026