Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusga qarshi vaksinani yaratish ustida 70dan ko‘proq davlat ishlamoqda – JSST
Koronavirusga qarshi vaksina va uni davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar “mislsiz tezlikda” olib borilmoqda. Ta'kidlanishicha, 70 dan ko‘proq davlat vaksinani yaratish ustida ish olib bormoqda.
Foto: Getty Images
Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus Jyenevadagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Gebreyyesusning ta'kidlashicha, vaksinani yaratish jarayonini tezlashtirish uchun olib borilayotgan tadqiqotlarga 70 dan ko‘proq davlat qo‘shilgan. Bundan tashqari, 20 dan ortiq kompaniya va tashkilotlar bu yo‘nalishda ish olib bormoqda.
“Virus genomi yanvar boshida tuzilgan va butun dunyoga tarqatilgan. Bu esa testlar ishlab chiqishga va vaksina ustida ishlarni boshlashga imkon bergan”, deb aytgan JSST rahbari.
Uning ta'kidlashicha, JSST yaqin orada vaksinani ishlab chiqishni tezlashtirish va barcha davlatlar vaksinani olishi uchun uning adolatli taqsimlanishi bo‘yicha tashabbusni e'lon qiladi.
“Vaksina va dori-darmon tayyor bo‘lganda, biz ularni butun dunyo bo‘ylab yetkaza oladigan holatda bo‘lishimiz kerak. Bunda badavlatlar va nochorlar orasida farqlanish bo‘lmasligi lozim”, deb aytgan Gebreyyesus.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
10:18 / 04.08.2025
YeK COVID-19'ga qarshi vaksinalar xaridi ma’lumotlarini ochiqlashdan bosh tortdi
21:02 / 24.07.2025