O‘zbekiston | 15:30 / 09.04.2020
14106
2 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): Yangi ochilgan Izgancha konidagi 2-sonli quduqning kunlik debiti 200 ming kub.m gazni tashkil etdi

Foto: EPSILON

Joriy yilning 9 aprel kuni o‘z vaqtida yo‘q qilib yuborilgan Izgancha-2 qudug‘ida olib borilgan to‘liq, ta'mirlash va ikkinchi stvolni 30 metrlik oralig‘ida gorizontal burg‘ulash ishlaridan so‘ng quduqdan gazning sanoat oqimi olindi.

Shu yil mart oyida esa Izgancha-4 qudug‘idan kondensat oqimi olingan edi. Olinayotgan uglevodorodlar, hisoblangan zaxiralari 5 mlrd. kub.m tabiiy gazni tashkil etadigan yangi gaz kondensat koni ochilganidan dalolat beradi.

Hozirgi paytda yangi konning tuzilmasini va zaxiralarini aniqlashtirishga qaratilgan geologik qidiruv ishlari olib borilmokda. Shu bilan birga, Izgancha-2 qudug‘ida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda qazib olish hajmini oshirishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

Kompaniya tomonidan olib borilayotgan barcha ishlar COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olishga qaratilgan karantin tadbirlari doirasida, sanitariya-epidemiologik talablarga qat'iy rioya etilgan holda bajarilmoqda.

Qazib olinayotgan uglevodorodlarning hammasi mamlakatimiz ichki bozoriga yo‘naltirilmoqda.

Epsilon Development Company (EDC) Matbuot xizmati

Mavzuga oid