Tojikistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, koronavirus tarqalishi oldini olishda ko‘mak ko‘rsatish maqsadida qo‘shni Tojikistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi.
Ta'kidlab o‘tish joiz, O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi vaqtida Xitoy, Eron va Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatdi.
Qardosh tojik xalqiga yuborilgan insonparvarlik yordami birinchi navbatda virus tarqalishi oldini olishda zarur bo‘lgan tibbiy vositalar, jumladan antiseptik va zararsizlantiruvchi vositalar, tibbiy xalatlar, qo‘lqoplar, baxilalar, respiratorlar, tibbiy ko‘zoynaklar va ming tonna undan iborat bo‘lgan.
Insonparvarlik yordami Surxondaryo viloyatidan Dushanbega 18 ta vagonda jo‘natilgan. Uni Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Azim Ibrohim va sog‘liqni saqlash vaziri Nasim Olimzoda kutib olgan.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024