O‘zbekistonda Ai-91 markali benzin narxi 200 so‘mga arzonlashadi
«O‘zbekneftgaz» yonilg‘i quyish shoxobchalarida 13 aprel, dushaba kunidan boshlab AI-91 markali benzinning 1 litri 200 so‘mga arzonlashib, 5600 so‘mdan sotila boshlanadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma'lum qildi.

Foto: REUTERS/Edgard Garrido
Eslatib o‘tamiz, ikki hafta oldin Ai-92 markali benzin narxi ham 200 so‘mga pasayib, 26 martdan 6000 so‘m qilib belgilangan edi.
O‘shanda kompaniya xabarida boshqa markadagi benzin mahsulotlari narxlari ham bosqichma-bosqich kamaytirib borilishi aytilgandi.
Aprel oy boshida Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinishi ma'lum bo‘ldi. Prezident qaroriga muvofiq, 1 maydan Ai-80 markali benzin va dizel yonilg‘isi birja savdolari orqali sotila boshlanadi.
Iqtisodchi Behzod Hoshimovning fikricha, yoqilg‘i bozoriga kirish uchun to‘siqlar olinmas ekan, qo‘yilgan maqsadga erishish qiyin bo‘ladi.
«Raqobat cheklanishi va bozorga yangi o‘yinchilar kirishini regulyatsiya qilish narx uchun yaxshi ish bo‘lmaydi. Benzin ishlab chiqarish va sotishdan davlat batamom chiqib ketishini ta'minlash kerak.
Agar bu bozorni to‘liq raqobatli va narx erkin belgilanadigan bozorga aylantirmasak, hozirgi narxlarni erkinlashtirishning ma'nosi qolmaydi», deb yozadi Hoshimov Telegram-kanalida.
Qo‘shimcha qilish joiz, so‘nggi bir oy davomida dizel yonilg‘isining narxi 500 so‘mga arzonlashi kuzatildi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi

21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi

13:23 / 10.03.2025
430 tonna Ai-80 benzinini noqonuniy ravishda sotib yuborgan MChJ aniqlandi

23:00 / 05.03.2025