Jahon | 23:50 / 14.04.2020
7915
2 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya karantin choralarini yumshatish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi

Politico va The Financial Times nashrlarining bildirishicha, Yevrokomissiya Yevroittifoq davlatlariga karantin choralarini yumshatish bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasini ishlab chiqqan.

Foto: Marcelo del Pozo / Getty Images

Yevrokomissiya YeI davlatlari karantin choralarini yumshatish bo‘yicha tadbirlarini muvofiqlashtirishi kerak deb hisoblamoqda. Bu haqda The Financial Times (FT) va Politico nashrlari xabar bermoqda.

Hozirda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen milliy hukumatlar chegaralarni yopishda bir-biri bilan kelishmasdan harakat qilganidan norozi. Bu chegaralarda navbatlar hosil bo‘lishiga va dori-darmonlarni yetkazishda muammolar kelib chiqishiga olib keldi.

Politico va The Financial Times nashrlarining bildirishicha, Yevrokomissiya Yevroittifoq davlatlariga karantin choralarini yumshatish bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasini ishlab chiqqan. Loyihada jumladan quyidagilar o‘rin olgan: 

karantin rejimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida boshqa a'zo davlatlarni xabardor qilish;
karantinni bosqichma-bosqich yengillashtirish;
xatar guruhidagi fuqarolar – keksalar va surunkali kasalligi bo‘lganlarni koronavirus yuqtirishdan himoya qilish. 

Qayd etilishicha, yo‘l xaritasi ushbu haftada rasman e'lon qilinishi mumkin. Fon der Lyayyen 15 aprel kuni ushbu mavzu bo‘yicha brifing o‘tkazishi rejalashtirilgan, deb yozmoqda Politico. 

Fon der Lyayyen karantin choralari masalasida YeI mamlakatlari harakatlarini muvofiqlashtirish zarurligi haqida mart oyidayoq aytgandi. 

Mavzuga oid