Sport | 21:38 / 15.04.2020
4667
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada ommaviy tadbirlar 31 avgustgacha taqiqlandi, futbol ham xavf ostida

Germaniya koronavirus pandemiyasi tufayli ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga qaratilgan taqiq muddatini uzaytirdi.

Foto: Bundesliga

Bild xabariga ko‘ra, federal hukumat juda ko‘p odamlar ishtirok etadigan tadbirlarni 31 avgustgacha taqiqlagan.

23 aprel kuni Bundesliga klublari videokonferensiya orqali yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ular federal hukumatning qarorini ham muhokama qilishadi.

Avvalroq, Nemis Futbol Ligasi (DFL) mavsumning qolgan o‘yinlarini iyun oyida, muxlislarsiz o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aslida, futbol o‘yinlari muxlislarsiz o‘tkazilsa ham, ishtirokchilar sonining ko‘pligi bois, baribir ommaviy tadbir hisoblanadi.

Agar DFL Bundesliganing qolgan o‘yinlarini o‘tkazish imkonsiz deb topsa, mavsum bekor qilinishi mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid