Taşkilot faktlarni yaşirganmidi?
Tramp xalqaro soğliqni saqlaş taşkilotini Covid-19 tarqalayotgani haqida «vaqtida bong urmaganlikda» ayblab, köp marta tanqid qildi. Bundan taşqari, Trampning aytişiça, taşkilot yangi koronavirus tarqalişi haqida ma'lumotlarni yaşirgan. Bu gaplar qançalik haqiqatga yaqin?

2019 yil 31 dekabr kuni JSSTning Xitoydagi bölimiga mamlakatning Uhan şahrida noma'lum yangiça pnevmoniyadan odamlar oğriy boşlagani xabar qilingan. Öşa kunning özida bu xabar taşkilotning Jyenevadagi boş qarorgohiga yetkaziladi. Xabar kelişi bilan JSST tezkor guruh tuzib, tekşiruv boşlaydi. Uç kundan keyin, ya'ni 2020 yil 2 yanvar kuni noma'lum kasallik haqida e'lon qilinadi. 10 yanvar kuni JSST barça mamlakatlar uçun yangi virusga qarşi kuraş uçun tavsiyalar e'lon qiladi.
Ammo öşa vaqtda taşkilotda bu virus odamdan odamga ötişi haqida heç qanday ma'lumot yöq edi. Şuningdek, xalqaro ekspertlarda ham kasallik taşuvçisi odamligi haqida fakt mavjud emasdi. Bir neça kun ötib Uhanda şifokorlar ham bu noma'lum virusni yuqtirgani aniq böldi. Şuningdek, Tailandda ham yangi kasallikka çalingan odam qayd etildi. Bu haqda JSST epidemiologi Mariya Van Kerkxove öşa vaqtning özida ma'lum qilgan. Aynan şu vaqtda virus odamdan odamga yuqişi ma'lum bölgandi.
Tramp tanqid qilayotgan JSST bir oy Uhandagi bemorlarni tekşiriş imkoniga ega böla olmaydi. 28 yanvar kuni taşkilot rahbari Tedros Adanom Gebreisus Xitoyga borib, mamlakat rahbari Si Tszinpin bilan uçraşadi. U Xitoy yetakçisidan Uhanga xalqaro ekspertlar guruhini kiritişni söraydi. Xitoy 16 fevraldagina bunga ruxsat berdi.
JSST rahbari Xitoyga borganida mamlakatning virusga qarşi samarali kuraşayotganini ta'kidlab, hukumat rahbarlarini maqtaydi. U Xitoyda virus tarqalişining oldini oliş uçun mukammal tizim işlab çiqilganini pafos bilan gapirgani köpçilikning tanqidida sabab böladi.
Ğarb ekspertlari va siyosatçilar öşa vaqtda Xitoy JSSTga, bu orqali esa dunyoga töğri ma'lumot berganiga şubha bildirişmoqda. Ularning tadqiqotlari Xitoy taqdim etgan statistikalarda nomuvofiqlik borligini körsatadi. Şuningdek, Uhan rahbariyati ma'lumotlarni doimiy yaşirib borgani aytiladi.
Xitoy butun mamlakatda 82 mingdan köproq odam virus yuqtirib, vafot etganlar soni 3 342 nafar ekanini aytayotgan bir vaqtda tartib-intizom va tibbiyot juda kuçli bölgan Germaniyada kasallanganlar soni 137 mingdan oşgani, 4 mingdan ortiq germaniyalik olamdan ötgani Ğarbdagi ekspertlarni ajablantirmoqda. AQŞda esa körsatkiçlar dahşatli köriniş olgan: 678 mingdan ortiq kişi virus yuqtirdi, 35 mingga yaqin kişi halok böldi.
















