Muborak tumani hokimi ishdan olindi
Bugun, 18 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hokimi G‘ayrat Jovliyev lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Tuman hokimini ishdan olish to‘g‘risidagi qaror Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev ishtirokidagi yig‘ilishda e'lon qilingan.

Jovliyev aynan qaysi sababga ko‘ra ishdan olingani ma'lum qilinmagan.
Muborak tumani hokimi vazifasini bajarish shu vaqtgacha tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Sadriddin Narziyev zimmasiga yuklangan.
Muborak tumani sobiq hokimi G‘ayrat Jovliyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'atining qarorini bajarmasdan, qaror ustidan yuqori lavozimli organlar rahbarlari nomiga shikoyat arizasi yuborgani haqida maqola e'lon qilingan edi.
14 aprel kuni Muborakda shifokorlar karantin tartibi amal qilayotganiga qaramay, to‘y o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng bu haqda xabar bergan tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Zafar Jo‘rayev yolg‘on axborot tarqatishda ayblangan edi.
Bundan avvalroq Qashqadaryo viloyatining yana bir tumanida hokim o‘zgargandi. G‘uzor tumani hokimi Sa'dulla Boboqulov internetda tarqalgan audioyozuv ortidan ishdan ketgandi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar ekstremal jaziramalarning asosiy aybdorlarini aniqladi
Jahon | 23:35 / 07.05.2025
-
7 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:10 / 07.05.2025
-
TDTU negizida yangi Tashkent Tech texnika universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 23:07 / 07.05.2025
-
Albaniya Trampning kuyoviga tegishli kurort qurilishini ma’qulladi
Jahon | 23:06 / 07.05.2025
Mavzuga oid

16:51 / 09.04.2025
Muborakdagi YTHda ikki profilaktika inspektori halok bo‘ldi

21:26 / 25.02.2025
Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi

22:15 / 31.10.2023
Nishon tumani hokimi Muborak tumaniga hokim qilib o‘tkazildi

18:25 / 23.08.2023