Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyaga tibbiy niqoblar partiyasini jo‘natdi
Xabar qilinishicha, O‘zbekistondan Rossiyaga jami 5 mln dona tibbiy niqob hamda tibbiyot dokalari yetkazib beriladi.
Foto: Telegram /Tashkent_SkyNewsuz
O‘zbekiston insonparvarlik yordamining birinchi partiyasi – tibbiy niqoblar Moskvaga yetib keldi, deb xabar berdi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk.
Tibbiy niqoblar O‘zbekiston hukumati tomonidan koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida yuborildi.
Xabar qilinishicha, O‘zbekistondan Rossiyaga jami 5 mln dona tibbiy niqob hamda tibbiyot dokalari yetkazib beriladi.
Overchukning ma'lum qilishicha, "mazkur tibbiyot buyumlari birinchi navbatda pandemiyaga qarshi birinchi safda kurashayotganlarga yetkaziladi".
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar O‘zbekistondan Vengriya, Belarus, Xitoy, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistonga ham insonparvarlik yordami yuborilgan edi.
Mavzuga oid
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
21:14 / 27.05.2026
Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
09:37 / 27.05.2026