O‘zbekiston | 23:09 / 18.04.2020
120831
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan yana bir bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasiga chalingan bir bemor bugun bronxopnevmoniya va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgani haqida xabar qildi. Endilikda O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 5 nafarga yetdi.

«Shu yilning 7 aprel kuni poytaxtlik, 77 yoshli (ayol) A. surunkali bronxit, o‘ng o‘pka atelektazi, gipertoniya kasalligi bilan karantinga olingan edi. Zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda Covid-19 koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.  

Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining  ko‘p tarmoqli klinikasiga  o‘tkazilgan.

Biroq virusolog, pulmonolog, terapevt, kardiolog, reanimatologlarning  standartlar asosida  o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor bugun  ushbu infeksiya asoratlari: ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Mavzuga oid