20:59 / 18.04.2020
45981

Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati tuzilmasida o‘zgarish ro‘y berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi. Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – vazirlik huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimi joriy etilgan. 

«Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash, yurtimizda sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini boshqarish samaradorligini yanada oshirish maqsadida mamlakatimiz Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimi kiritildi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayevning telegram kanali xabarida.

Bahodir Yusupaliyev

Shunga asosan, prezident qarori bilan Bahodir Qahramanovich Yusupaliyev O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U 2017 aprelidan buyon Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Top