Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini kengaytirishga shoshmaslikka chaqirdi
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini kengaytirishga shoshmaslik kerak, bu borada asta-sekin harakatlanish lozim. Bunday fikrni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Moskva. Kreml. Putin” dasturida bildirdi.
“Biz kengayishga ham, muayyan bosqichlardan sakrab o‘tishga ham shoshmayapmiz. Chunki dunyoning boshqa mintaqalarida, misol uchun deylik, Yevropada integratsiya jarayonlari qanday kechayotganini ko‘rmoqdamiz. U yerda ko‘plab murakkabliklar yuzaga keldi. Shu sababli shoshmasdan, asta-sekin harakat qilish lozim”, deb aytgan Putin.
Rossiya prezidenti YeOII idealda qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi savolga “mukammal narsalar, jumladan, mukammal davlatlararo munosabatlar bo‘lmasligini” aytgan.
“Yechimlar – bu hamisha murosalardir, ya'ni kimdir kimgadir nimadadir yon bosadi va mukammal vaziyat, bir qarashda, yo‘q. Biroq u shu bilan mukammalki, biz tomonimizdan shakllantirilgan munosabatlar tizimi bu murosalarga erishishga imkon beradi”, deb aytgan Rossiya prezidenti. Putinning ta'kidlashicha, YeOIIda yechimlar “qo‘lni qayirish” yo‘li bilan emas, balki ko‘ngilli tarzda qabul qilinadi va haqiqatan ishlaydi.
Ayni vaqtda YeOIIga Armaniston, Belarus, Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston a'zo davlatlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026