Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST rahbari: «Xatoga yo‘l qo‘ymang, oldinda uzun yo‘l turibdi. Bu virus uzoq vaqt biz bilan birga bo‘ladi»
Tedros Adxanom Gebreyyesus dunyo aholisining katta qismi virus oldida ojiz ekanligini, epidemiyaning yangi to‘lqini xavfi mavjudligini ta'kidladi.
Davlatlar hushyorlikni saqlashi shart, chunki Yer aholisining katta qismi virus oldida ojiz va COVID-19 uzoq vaqt qoladi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus.
«Biz turli hududlarda turlicha holatlarni ko‘ryapmiz. G‘arbiy Yevropadagi aksariyat holatlar barqarorlashdi yoki pasayish kuzatilmoqda. Raqamlar kichik bo‘lsa-da, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika hamda Sharqiy Yevropadagi vaziyat xavotir uyg‘otmoqda. Ko‘p mamlakatlar haligacha epidemiyaning boshlang‘ich bosqichida turibdi va virusga to‘qnash kelgan ayrim mamlakatlarda esa qaytalanish kuzatilyapti. Xatoga yo‘l qo‘ymang, oldinda uzun yo‘l turibdi. Bu virus uzoq vaqt biz bilan birga bo‘ladi», - dedi u.
JSST rahbari dunyo aholisining katta qismi virus oldida ojiz ekanligini, epidemiyaning yangi to‘lqini xavfi mavjudligini ta'kidladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 2,6 milliondan oshgan, 181 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
10:26 / 17.07.2026
AFP: Iyundagi jazirama Yevropada 12 mingdan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
18:29 / 03.07.2026