Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Jamol Nosirov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
22 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Jamol Shuhratovich Nosirov Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Jamol Nosirov 1985 yilda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2005 yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, psixolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2008 yili esa universitetning magistraturasini tugatgan. Bir muddat «Kamolot» YoIH Buxoro viloyat Kengashi raisi lavozimida ham mehnat qilgan. Shundan so‘ng 27-Jilvon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan edi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi a'zosi bo‘lgan.
U 2017 yildan buyon Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
21:54 / 21.04.2026
“Soliq to‘lamayman deyishga or qilish kerak” - madaniyat vaziri
20:28 / 12.01.2026
Antikorrupsiya agentligi hukumatdan Ozodbek Nazarbekovga chora ko‘rishni so‘radi
07:32 / 19.08.2025
Rossiyaning «Comedy Club» teleshousi O‘zbekistonda taqiqlangani ma’lum bo‘ldi
00:26 / 14.05.2025