Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Behzod Normatov energetika vazirining o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 23 apreldagi 4693-sonli qarori bilan Behzod Rahmatullayevich Normatov O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Behzod Normatov bunga qadar Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Qayd etilishicha, undan avval B. Normatov "Andijonneft" AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
Ma'lumot uchun, energetika vaziri Alisher Sultonovning shu vaqtga qadar uch nafar o‘rinbosari bor edi. Bular - Jo‘rabek Mirzamahmudov, Sherzod Xo‘jayev va Umidjon Isroilov.
Mavzuga oid
17:40
Neft mahsulotlari zaxiramiz 2−3 oy uchun yetarli - Energetika vazirligi
14:31 / 25.06.2026
Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
15:08 / 21.06.2026