Jahon | 19:27 / 25.04.2020
19942
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada bir sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 6 mingga yaqin holat qayd etildi

Mamlakat bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 74,5 mingdan oshdi, jami qurbonlar soni - 681 kishi.

Foto: TASS

Rossiyada o‘tgan sutka davomida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 6 mingga yaqin holat qayd etildi, 66 kishi vafot etdi. Bu haqda Rossiya hukumati huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtab ma'lum qildi.

Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 74,5 mingdan oshdi, jami qurbonlar soni - 681 kishi.

Kasallikka chalinganlar Rossiyadagi 85ta regionning barchasida bo‘lib, eng ko‘p  bemor Moskvada.

Juma kuni 60 kishi vafot etgan, 5849 ta yangi holat qayd etilgandi. 

Rossiyalik epidemiologlar hukumatga qat'iy karantin choralarini yana kamida ikki haftaga uzaytirishni taklif qilmoqda. 

Mazkur taklifni Vladimir Putin ma'qullashi lozim.

Jons Hopkins universiteti bergan ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 2,8 mln kishidan oshgan, 195,9 ming kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid