Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashdi
26 mart kunidan e'tiboran, Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgan edi. 29 aprel kunidan boshlab bu mahsulotning narxi 5500 so‘m qilib belgilandi.
29 aprel kunidan O‘zbekistonda Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashadi va 5500 so‘m qilib belgilandi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati xabar bermoqda.
«O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan iste'molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan neft mahsulotlarining sotish narxlari bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.
AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma'lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin», deyiladi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabarida.
«O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati ga ma'lum qilishicha, kelgusida Ai-80 ham Ai-91 markalaridagi benzin narxlari ham keskin tushishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekneftgaz» AJning UNG milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘ygan edi. 2020 yilning 1 mart kunidan boshlab, ushbu AYoQShlardagi dizel yoqilg‘isining narxi 500 so‘mga arzonlashtirilgandi.
2020 yilning 26 mart kunidan esa Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgan edi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘iziston Rossiya elchisidan Moskvadagi fuqarolari tahqirlangani yuzasidan izoh talab qildi
Jahon | 15:04
-
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga oshayotgani aytildi
O‘zbekiston | 14:48
-
Arab moliya akademiyasi O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin
Iqtisodiyot | 14:46
-
22 yoshli qotil, uch qurbon va kichik guvoh – Popdagi qotillik tafsiloti
O‘zbekiston | 14:15
Mavzuga oid

17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi

17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?

22:19 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

18:04 / 14.09.2024