O‘zbekiston | 21:32 / 28.04.2020
14216
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident maslahatchisi rektorlar bilan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi

Bugun, 28 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inom Madjidov rahbarligida Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Foto: edu.uz

Vazirlik matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, yig‘ilishda 17 aprel kuni imzolangan «Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorining ijrosi muhokama qilingan.

«Onlayn yig‘ilishda Samarqand va Termiz davlat universitetlari, Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Toshkent davlat texnika, Toshkent davlat agrar, Toshkent davlat pedagogika universitetlari va Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiallari rahbarlari ishtirok etdi.

Shuningdek, yig‘ilishda Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlangan Rahimov G‘anisher Xudoyqulovich tanishtirilib, mazkur yangi oliy ta'lim muassasasi oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 17 aprel kungi prezident farmoniga asosan tashkil etilgan, yangi OTM rektori lavozimiga bunga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini boshqarib kelgan G‘anisher Rahimov tayinlangan edi.

Mavzuga oid