Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish jadallashtiriladi
Hukumat Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlarini tasdiqladi.
Hujjatda qayd etilganidek, mahalliy kompaniyalar - "Toshelectroapparat" MChJ va "Elektron Xisoblagich" MChJdan 2,1 mln dona elektr hisoblagichlar xarid qilinib, respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda. Biroq asbob-uskunalar uchun to‘lovlar o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilmay qolganligi natijasida yetkazib beruvchilar oldida jami 636,9 mlrd so‘m miqdorida qarzdorlik yuzaga kelgan.
Norma’ning yozishicha, shu munosabat bilan "O‘zinjiniring" RLI tomonidan ishlab chiqilgan Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini (EHNAT) joriy etish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi. Endi quyidagilar loyihaning asosiy maqsad va vazifalari bo‘ladi:
respublika bo‘yicha iste'mol qilinadigan elektr energiyasini to‘liq hisobga olishning hamda elektr energiyasining texnologik sarf me'yorlarini belgilashning shaffof tizimini o‘rnatish;
qarzdor iste'molchilarga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatish hamda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan iste'molchilarni aniqlash;
iste'molchilar guruhlari kesimida yillik, oylik va kunlik iste'mol qilish "xulq-atvori"ni (consumer behaviour) tahlil qilib borish va ushbu tahlillar natijasida respublika energiya tizimining ishlash rejimini eng samarador tarzda shakllantirish;
elektr energiyasining tabaqalashtirilgan tariflarini qo‘llash uchun zarur bo‘lgan aniq ma'lumotlar bilan ta'minlash;
elektr tarmoqlarining ishlash rejimlaridagi nuqsonlarni, shu jumladan elektr energiyasining texnologik sarfining me'yordan ortib ketish holatlarini aniqlash.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJning (HET) mavjud billing tizimi o‘rniga EHNATni joriy etish loyihasi doirasida zamonaviy elektr energiyasi hisobini yuritish, tahlil va prognoz qilishning kompleks dasturiy ta'minoti barpo etiladi. Yangi billing tizimini 2022 yilning iyun oyiga qadar ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
10 kun muddatda Osiyo taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan elektr energetika sohasidagi "islohotlar matritsasi" kelishiladi va ijrosi bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tasdiqlanadi.
"O‘zsanoatqurilishbank" ATB EHNATni joriy etish loyihasini moliyalashtirish uchun HETga 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli to‘lov davri bilan yillik 7% ustama to‘lash sharti asosida 30 mln Yevro miqdorida kredit ajratadi.
Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
EHNATni joriy etish loyihasining dastlabki moliyaviy parametrlari;
loyihani moliyalashtirilishi uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori;
loyiha bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish grafigi. Xususan, joriy yilning 30 mayiga qadar ma'lumotlarni qayta ishlash markazini ishga tushiriladi va elektr hisoblagichlar va qo‘shimcha asbob-uskunalarni xarid qilish uchun moliyalashtirish ochiladi. Hisoblagichlarni o‘rnatish ishlarini 2021 yil 1 iyulga qadar, ularni EHNATga ulash ishlarini esa 2021 yil 1 sentyabrga qadar yakunlash ko‘zlanmoqda.
Hujjat 28.04.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026