EPSILON DC: Yangi qidiruv-izlov qudug‘ining ochiq stvoldagi kunlik debit hajmi 200 ming kub.m gaz va 20 tn neftni tashkil etdi
Joriy yilning 1 may kuni Shimoliy Beshkent-1 qudug‘idagi burg‘ulash ishlari natijasiga ko‘ra quduqdan uglevodorodlar oqimi olindi. Mazkur holat esa hisoblangan zaxiralari 4 mlrd. kub.m gaz va 300 ming tn neft miqdorini tashkil etgan yangi kon ochilganidan dalolat beradi.
Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya talablari hamda ekologiya mezonlariga amal qilingan holda olib borilmoqda.
Yangi ochilgan konning geologik tuzilmasi hamda uning uglevodorodlar zaxirasini aniqlashtirish maqsadida mutaxassislar olingan ma'lumotlarni tahlil etgan holda quduqda geofizik tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar. Ularning asosida yangi konda qazib chiqarish hajmini yanada ko‘paytirish maqsadida, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda keng ko‘lamli ishlar olib boriladi.
Qazib olinayotgan uglevodorodlarning hammasi aholi ehtiyoji uchun mamlakat ichki bozoriga yuborilmoqda.
Epsilon Matbuot xizmati
Mavzuga oid
10:51 / 15.11.2022
EPSILON (EDC): Karakara-2 qudug‘i berayotgan kunlik gaz hajmi 100 ming kubmetrni tashkil etdi
16:12 / 27.10.2022
EPSILON (EDC): Ernazar-12 qudug‘idan kuniga 50 ming kubmetr hajmda gaz olinmoqda
20:50 / 21.10.2022
EPSILON (EDC): Devxona-4 qudug‘idan chiqarilayotgan kunlik gaz hajmi 60 ming kubmetrni tashkil etdi
11:37 / 05.10.2022