O‘zbekiston | 22:40 / 02.05.2020
84792
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Sardobada xavfli hududlarda qolib ketgan 300dan ortiq kishi harbiy vertolyotlar orqali qutqarildi

Sirdaryoda O‘zbekiston harbiy-havo kuchlari vertolyotlari orqali 300dan ortiq kishi qutqarildi.

Ko‘p maqsadli H125M Fennec yengil vertolyoti Sardoba suv ombori yaqinidagi aholini qutqarmoqda, 1 may.
Foto: @Tashkent_SkyNews

Sirdaryo viloyatida suv toshqini tufayli xavfli hududda qolib ketgan aholini qutqarish ishlarida harbiy vertolyotlardan ham foydalanilmoqda. «Novosti Tashkenskogo Nebo» kanalida suv bosgan hududdagi aholi vakillari vertolyot orqali olib ketilayotgani tasvirlari e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston harbiy-havo kuchlarining harbiy ekipajlari Sardoba suv ombori to‘g‘oni yorilib ketgan hududga birinchilardan bo‘lib yetib borgan.

Foto: @Tashkent_SkyNews
Foto: @Tashkent_SkyNews

«H215M Super Puma va H125M Fennec vertolyotlari uchuvchilarining professionalizmi sharofati bilan FVV xodimlari uylar tomi va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda qolib ketgan 300dan ortiq odamni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi. Harbiy ekipaj daraxtlar va elektr simlari borligiga qaramasdan tungi vaqtda ham past balandliklarda parvozlarni amalga oshirishdi», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sardobada suv omboridan suv chiqishi oqibatida suv toshqini yuz berishi tufayli xavfli hududlarda qolib ketgan 138 kishi qutqarilgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid