Sardoba talafotidan jabr ko‘rgan aholi uchun dastlab 100 milliard so‘m ajratildi
Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba suv ombori» to‘g‘onidan suv toshib, Sardoba tumanidagi Yurtdosh, Do‘stlik va Qo‘rg‘ontepa MFYlari, Mirzaobod tumanidagi Saxovat, Ahillik va Shodlik MFYlari hamda Oqoltin tumanidagi Do‘ngariq, Mirzacho‘l, Haqiqat va Navbahor, jami 10 ta MFYlaridagi aholi punktlarida turar va noturar mulklar, ijtimoiy soha obektlari va qishloq xo‘jaligi ekinlariga jiddiy talafot yetdi.

Foto: @Tashkent_SkyNews
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Akmalxon Ortiqovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 1 maydagi Farmoyishiga asosan tashkil etilgan hukumat komissiyasi barcha yo‘nalishda talafot ko‘lami va qiymatini aniqlamoqda. Xususan aholining zarar yetgan uy-joylari va noturar binolari miqdori aniqlashtirilmoqda hamda yakuni bo‘yicha baholanadi.
«Favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish, jumladan hodisa oqibatida jabrlanganlar va ularning oila a'zolariga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bu tadbirlarga respublika budjetidan dastlabki 100 mlrd.so‘m ajratildi», – deydi Ortiqov.
Qayd etilishicha, aholi talabidan kelib chiqib Qurilish vazirligi tomonidan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi uchun yer uchastkalarini tanlash va loyiha-smeta ishlari boshlangan.
«Zamonaviy aholi punktlarida ijtimoiy soha (bog‘cha, maktab, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa muassasalar) va bozor (minimarket, novvoyxona, tikuvchilik sexi, kimyoviy tozalash, hammom, avtotransport vositalarga servis ko‘rsatish va boshqalar) infratuzilmasi to‘liq yaratiladi», – deya qo‘shimcha qilgan vazir o‘rinbosari.
Bundan tashqari, mazkur yangi aholi punktlarida muhandislik-transport kommunikatsiyalari barpo etiladi.
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga yordam berish uchun viloyat budjetidan 5 milliard so‘m ajratilgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
-
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov
Jahon | 23:03 / 23.05.2025
-
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi
Jahon | 22:56 / 23.05.2025
Mavzuga oid

23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi

07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi

23:56 / 02.05.2023
Sardoba fojiasiga 3 yil: oldini olish mumkin bo‘lgan falokat va uning oqibatlari

13:53 / 18.09.2022