Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda uyiga qaytgan odamlar bilan muloqot qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda suv toshqinidan keyin uyiga qaytgan odamlar bilan muloqotda bo‘ldi.
«Davlatimiz rahbari kecha suv toshqiniga duch kelgan qishloqlarda bo‘lib, hududni tozalash, infratuzilma obektlarini tiklash, aholi uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.
Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Suv xo‘jaligi vazirliklari, huquq-tartibot idoralari, qurilish-ta'mirlash tashkilotlari va mahalliy hokimliklarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan sa'y-harakatlari natijasida bu yo‘nalishda jadal ishlar olib borilmoqda. Toshqin tufayli hosil bo‘lgan chiqindilar yig‘ishtirilib, hudud dezinfeksiya qilinmoqda. O‘t o‘chirish mashinalari yordamida ko‘lmaklardagi suv tortib olinmoqda. Yo‘llar ochilib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tiklanmoqda.
Natijada bugun ayrim mahallalarda oilalar o‘z uylariga qayta boshladi. Boshqa joylarda tozalash-ta'mirlash ishlari tezkor sur'atlarda davom etmoqda. Yaqin vaqtlarda ularda ham zarur sharoitlar yaratilib, hayot yana o‘z iziga tushadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident Sardoba tumanidagi «Qo‘rg‘ontepa» mahallasini borib ko‘rdi. Hukumat komissiyasi mutasaddilari amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.
Ushbu mahalla fuqarolar yig‘inida 530ta xonadon bo‘lib, 4200 nafar aholi istiqomat qiladi. Hudud suv toshqiniga birinchi bo‘lib duch kelgan, odamlar tezkor ravishda xavfsiz joylarga ko‘chirilgan edi.
Katta kuch va texnika vositalari, askarlar, xodimlar jalb qilinib, amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilyapti, odamlar o‘z uylariga qayta boshladi.
Davlat rahbari shunday uylardan biriga kirib, xonadon egalaridan hol-ahvol so‘radi. Barcha qatori ularga ham moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatilishi, hech kim e'tibor va g‘amxo‘rlikdan chetda qolmasligini yana bir bor ta'kidladi.
Shavkat Mirziyoyev qadrdon makoniga qaytgan mahalla aholisi bilan muloqotda bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Internetda bolalar himoyasi: Buni ta’minlashning imkoni bormi?
O‘zbekiston | 11:20
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 10:44
-
Qaysi hududda yashash va ovqatlanish xizmatlariga talab yuqori?
O‘zbekiston | 10:43
-
Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Jamiyat | 10:24
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024