Jahon | 20:46 / 03.05.2020
11361
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada karantin kiritilmagani noto‘g‘ri strategiya bo‘lgani tan olindi 

Shvetsiyaning yetakchi virusologi, mamlakatda koronavirus pandemiyasi ortida karantin kiritilishiga qarshi bo‘lgan Anders Tegnell karantindan voz kechish g‘oyasi to‘g‘ri strategiya bo‘lganiga “uncha ishonchi komil emasligini” tan oldi.

Foto: AP

Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi

Aynan Tegnell pandemiya vaqtida Shvetsiyada qat'iy choralardan voz kechish va normal turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashning bosh g‘oyachilaridan biri bo‘lgan. Ayni vaqtda mamlakatda barlar, restoranlar va maktablar ishlashda davom etmoqda.  

“Men o‘zingdagi bor bilim va vositalar bilan yaxshiroq bo‘lishi uchun harakat qilishing eng asosiysi, deb hisoblayman. Shuningdek, har doim yetarlicha kamtar bo‘lish kerak, deb hisoblayman, chunki o‘z qaroringni o‘zgartirishingga to‘g‘ri kelishi mumkin”, deb aytgan mutaxassis. 

Shvetsiyaning koronavirus tarqalishiga qarshi kurash modeli ko‘plab bahslarga sabab bo‘ldi. Uning asosiy jihati karantindan va korxonalarning vaqtincha yopilishidan voz kechish hisoblanadi. Misol uchun, AQSh prezidenti Donald Tramp bu modelni tanqid qilgan va “Shvetsiya bu qarori uchun hali katta haq to‘lashini” aytgandi.

Shu bilan birga, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Shvetsiya karantin bekor qilingandan keyin bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Shvetsiyada koronavirusga chalinganlar soni 22 mingdan oshdi, undan 2679 kishi vafot etgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid