Jahon | 19:26 / 04.05.2020
18641
1 daqiqa o‘qiladi

Yuliya Timoshenko 5,5 mln dollar tovon puli olib millionerga aylandi

Timoshenko bu mablag‘ni shu yilning 24 aprel kuni Amerika kompaniyasi orqali olganini ko‘rsatgan.

Foto: Reuters

Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenko dollarda millionerga aylandi. Bu uning korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi saytidagi deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tildi.

Hujjatda qayd etilishicha, Timoshenko 2011 yildan 2014 yilgacha siyosiy ta'qibda bo‘lgani uchun 148,34 million grivna (5,5 million dollar) kompensatsiya olgan.

Timoshenko bu mablag‘ni shu yilning 24 aprel kuni Amerika kompaniyasi orqali olganini ko‘rsatgan.

2011 yil oktyabrda Timoshenko go‘yoki 2009 yilda Rossiya bilan gaz shartnomasini tuzishda xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilgani uchun yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 

U 2014 yil fevralda prezident Viktor Yanukovich ommaviy namoyishlar ortidan bo‘shatilganidan so‘ng ozodlikka chiqarilgan.

Mavzuga oid