Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina bosh prokuroriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi – OAV
28 aprel kuni Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash oliy sudi korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosiga Venediktova o‘z mulklarini deklaratsiya qilmaganligi to‘g‘risidagi xabarga muvofiq unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni topshirgan.
Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi mamlakat bosh prokurori Irina Venediktovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda "RBK Ukraina" xabar berdi.
"Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash oliy sudi tergov sudyasining 2020 yil 24 apreldagi qaroriga muvofiq milliy byuro detektivlari sudga qadar surishtiruvlar yagona reyestriga ma'lumot kiritdi", - deyiladi byuroning OAV so‘roviga javobida.
28 aprel kuni Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash oliy sudi korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosiga Venediktova o‘z mulklarini deklaratsiya qilmaganligi to‘g‘risidagi xabarga muvofiq unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni topshirgan. Sud ishida narxi 10 ming yevrolik soat hamda Venediktovaning "Xarkovskiy pravovoy sentr" tashkilotiga a'zoligi to‘g‘risida so‘z borgan.
Irina Venediktova 17 mart kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy farmoni bilan mamlakat bosh prokurori etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
16:47
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026