Ronalduning tanlovi. U O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi futbolkasini qayerdan olgan?

Foto: Instagram/ Cristiano Ronaldo
7 may kuni jahon futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu Instagramdagi sahifasida farzandlari bilan tushgan surat joyladi. Futbolchi suratni «Eng katta muhabbat» deb nomladi.
Bir qarashda bu oddiy surat edi, ammo undagi bir detal Ronalduning o‘zbekistonlik muxlislari e'tiborini tortgan bo‘lishi aniq. «Yuventus» superyulduzi UMMA.UZ yozuvli futbolkada edi.
O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi uning bu suratini ilova qilgan holda Instagram sahifasida shunday post qoldirdi: «Krishtianu Ronaldu UMMAA.uz futbolkasida. Har doimgidek u to‘g‘ri tanlov qildi».
Bu esa O‘zbekiston aralash jang san'ati assotsiatsiyasiga tegishli brend va tabiiyki Ronalduning O‘zbekiston MMA ittifoqi bilan qanday aloqasi bo‘lishi mumkin degan savol paydo bo‘ldi. Shuningdek, bu katta pul to‘langan reklama ekani haqida taxminlar bildirildi. Chunki odatda jahon yulduzlari biror brendning kiyimlarini reklama shartnomasi asosida kiyishadi.
Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston aralash jang san'ati assotsiatsiyasi bilan bog‘landik. Tashkilot birinchi vitse-prezidenti Sherzod Toshmatov Kun.uz muxbiriga quyidagilarni ma'lum qildi.
«Tabiiyki Ronaldu bizning futbolkamizni kiyishi uchun pul to‘lamaganmiz. Birinchidan, bizda bunaqa katta pul yo‘q, bundan tashqari, hozir oldimizda bundan muhimroq ishlar turibdi.
Biz hali yangi tashkilotmiz, shu sabab mahalliy miqiyosda rivojlanish haqida o‘ylayotgan bir vaqtda global piar uchun pul ajratishimiz mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Biz hali mamlakat doirasidagi musobaqalar o‘tkazish va aralash jang san'atini ommalashtirish bo‘yicha ko‘proq bosh qotiryapmiz.
Albatta, marketing borasida ham harakatlar bo‘lyapti. Ronaldu buyuk sportchi, lekin biz assotsiatsiya brendini rivojlantirish uchun reklama «yuzini» futbolchilar orasidan qidirmagan bo‘lardik. Suratda Ronaldu bizning eski logotipimiz tushirilgan futbolkani kiygan. Fevral oyida yangi logotipni e'lon qilgandik va agar Ronalduga pul to‘lagan bo‘lsak, u yangi logotipdagi libosni kiygan bo‘lardi.
Ronaldu qolgan ko‘plab jahon sporti vakillari qatorida bizning brend chiqargan futbolkani sovg‘a sifatida qabul qilgan. Biz ko‘plab yulduzlarga sovg‘a yuborganmiz va ularning hech biriga ularni qandaydir holatda kiyish majburiyatini qo‘ymaganmiz. Ronaldu bizning futbolkani kiyishga qaror qilibdi va bu juda ajoyib. Suratda logotipimiz to‘liq ko‘rinmagan bo‘lsa-da, buni ko‘rish yoqimli bo‘ldi», deydi Sherzod Toshmatov.


Ma'lumot uchun, Portugaliya milliy jamoasi hamda «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Instagramdagi o‘quvchilari soni 217 milliondan ortiq va bu borada unga yetadigan foydalanuvchi yo‘q.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Vladimir, to‘xta» – Tramp Kiyevga zarbadan keyin Putinni tanqid qildi
Jahon | 09:01
-
O‘zbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 08:56
-
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi
Jahon | 08:43
-
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
Jahon | 08:37
Mavzuga oid

14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi

15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»

11:06 / 14.12.2024
Husanov transfer bahosi bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi

13:29 / 17.09.2024