Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada karantinni buzganlik uchun jarimalar miqdori qariyb ikki baravarga oshirildi
Avvalroq Boris Jonson aholiga telemurojaati chog‘ida 13 maydan koronavirus tarqalishiga qarshi joriy etilgan cheklovlar yumshatilishini ma'lum qilgandi.
Buyuk Britaniyada karantinni buzganlik uchun jarimalar qariyb ikki baravarga – 100 funt sterlinggacha oshiriladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Boris Jonson ma'lum qildi.
"Karantinni buzganlar uchun yangi jarima miqdori 100 funt sterling bo‘ladi yoki jarimani darhol to‘laganda (14 kun ichida) 50 funtni tashkil etadi. Qoidabuzarliklar takrorlanadigan bo‘lsa jarima 3,6 ming funtgacha yetishi mumkin", - dedi Jonson.
Politsiya karantinni buzganlarga nisbatan mart oxirida qabul qilingan qonun bo‘yicha chora ko‘rish vakolatiga ega bo‘ldi.
Avvalroq Boris Jonson aholiga telemurojaati chog‘ida 13 maydan koronavirus tarqalishiga qarshi joriy etilgan cheklovlar yumshatilishini ma'lum qilgandi.
Xususan, aholiga oftobda toblanish, mashina minish, sport bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Ikki kishi sport bilan shug‘ullanganida ular bir oilada yashaydiganlar bo‘lishi lozim.
Hukumat shuningdek, aholini jamoat transportidan foydalanmaslikka chaqirdi. Odamlarga piyoda, velosipedda yoki shaxsiy avtomobillarida yurish taklif etilgan.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026