Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti «Tolibon»ga qarshi hujum boshlashga buyruq berdi
Avvalroq Afg‘oniston hukumati «Tolibon» harakatining ming nafar a'zosini ozodlikka chiqargani xabar qilingandi.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatdagi barcha kuch ishlatish tuzilmalariga “Tolibon” harakati bilan kurashda "hujum" shakliga o‘tishga buyruq berdi. Bu haqda TOLO News telekanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kurashning "faol mudofaa" shaklidan “hujum” shakliga o‘tishga yaqinda sodir bo‘lgan hujumlardan so‘ng qaror qilingan.
Seshanba kuni Afg‘onistonda ikkita terrorchilik hujumi uyushtirildi. Natijada o‘nlab kishilar qurbon bo‘ldi.
Ayni paytda “Tolibon” ushbu hujumlarga aloqadorligini inkor etmoqda.
Avvalroq Afg‘oniston hukumati “Tolibon” harakatining ming nafar a'zosini ozodlikka chiqargani xabar qilingandi.
29 fevralda Dohada AQSh va toliblar o‘rtasida kelishuv imzolangandi. Kelishuvga ko‘ra, AQSh 14 oy ichida o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishi, mahbuslar almashinuvidan so‘ng tinchlik yo‘lidagi muloqot boshlanishi lozim edi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026