Prezident propiska islohotiga doir qonunni imzoladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev propiska tizimi islohotiga doir qonunni imzoladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Bu haqda 13 may kuni «O‘zbekiston 24» telekanali xabar berdi. Qonun Senatning 11 may kungi yalpi majlisida ma'qullangan edi.
Qonunda u rasman e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi belgilangan.
Hujjat bilan «propiska» so‘zi muomaladan chiqarilmoqda. Uning o‘rniga «ro‘yxatga olish» atamasi kiritildi.
Fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida bo‘lgan uy-joy maydoniga ham doimiy ro‘yxatga turish imkoniyati berildi.
Er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda propiska yo‘qotishiga doir qoidalar bekor qilindi.
Shuningdek, yangi oilalar nikohdan o‘tgan kunning o‘zida yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga o‘tish huquqiga ega bo‘ldi.
Endilikda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalar tutingan ota-onaning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi.
Davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida hamda boshqa davlat tashkilotlarida uzluksiz 5 yil va undan ortiq bo‘lgan davr mobaynida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) tegishli organ yoki tashkilot rahbarining ma'lumotnomasiga ko‘ra, shuningdek, ularning oila a'zolariga doimiy ro‘yxatga turish imkoniyati berildi.
Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud O‘zbekiston Respublikasi prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar hamda davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar, shuningdek, ularning oila a'zolari belgilangan tartibda doimiy propiska qilingandan so‘ng, ular boshqa ishga o‘tishi yoki lavozimdan ozod etilishi yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatdan chiqarilishga olib kelishiga oid qoida chiqarib tashlandi.
Eslatib o‘tamiz, 22 aprel kuni propiska tizimi islohotiga doir prezident farmoni ham imzolangan edi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo to‘g‘risidagi shartnomani yangilaydi
Iqtisodiyot | 14:15
-
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 14:10
-
Malayziya O‘zbekistonda yirik quyosh elektr stansiyalarini qurishga investitsiya kiritadi
Iqtisodiyot | 13:57
-
BMT Rossiyaning Kriviy Rigga hujumini keskin qoraladi
Jahon | 13:49
Mavzuga oid

16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024