O‘zbekiston | 17:09 / 18.05.2020
1988
3 daqiqa o‘qiladi

Google Art & Culture platformasida O‘zbekiston madaniyatiga oid ma'lumotlar joylashtirildi

Bugun, 18 may – Xalqaro muzeylar kuni. Ushbu sana munosabati bilan madaniyat va san'at namunalarini jamlovchi Google Art & Culture onlayn platformasida O‘zbekiston madaniyatiga bag‘ishlangan uchta yangi to‘plam namoyish etildi. Bu haqida Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar bermoqda.

Platformaga joylashtirilgan birinchi to‘plamda har bir tashrif buyuruvchi unutilmas peyzajlar bilan, shuningdek, Yaffa Assulin i Laziz Hamanining “O‘zbekiston. Samarqandga yo‘l” kitobini nashr etishga ilhomlantirgan tarix va arxitektura yodgorliklari bilan yaqindan tanishishi mumkin. Mualliflar O‘zbekistonning eng chekka hududlariga tashrif buyurib, amaliy va ijrochilik san'atining ustalari faoliyati bilan tanishishgan. Safar taassurotlari “O‘zbekiston. Samarqandga yo‘l” kitobi sahifalarida aks etgan.

Ikkinchi to‘plam Luvr muzeyidagi “Buyuk Ipak yo‘lidagi sivilizatsiya va madaniyatlar” ko‘rgazmasida O‘zbekistonning madaniy merosini namoyish etadigan eng qadimiy asarlar haqida hikoya qiladi. Unda tomoshabinlarga Varaxsha saroyidagi devoriy suratlar, fresaklarning parchalari, Fayoztepadagi rohiblar Budda haykali, muqaddas Qur'on Usmon qo‘lyozmasi va jahonning madaniy merosiga kiruvchi O‘zbekistonning boshqa muhim eksponatlari namoyish etiladi.

Uchinchi to‘plamda Markaziy Osiyodagi eng yirik muzeylaridan biri –O‘zbekiston davlat san'at muzeyi tarixi bilan tanishish mumkin. Muzeyning yaratilish tarixi va arxiv fotosuratlari tomoshabinga muzey ochilishidan beri me'morchilik va ko‘rgazma maydonining boshidan kechirgan ajoyib metamorfozalarni namoyish etadi. Shu bilan birga, mazkur to‘plamda yapon me'mori Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan muzey me'morchiligining yangilangan konsepsiyasining taqdimoti mavjud.

Ma'lumot uchun, Google Ars & Culture  san'at asarlariga yuqori kirish huquqini taqdim etadigan internet platformadir. Mazkur loyiha 2011 yilda Google korporatsiyasi tomonidan 17ta muzey hamkorligida tashkil etilgan. Bugungi kunga kelib, ushbu loyiha dunyoning turli mamlakatlaridan 2000dan ortiq madaniyat muassasalari durdonalarini bir joyda jamlagan.

Hozirga qadar ushbu platformada I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san'at muzeyi, Oybek uy-muzeyi hamda Toshkentdagi Zamonaviy san'at markazida Saodat Ismoilovaning "Qirq qiz" ko‘rgazmasining ochilish marosimi o‘rin olgan.

Саодат Абдураҳмонова
Tayyorlagan Саодат Абдураҳмонова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish