Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada hayit bayramlari davlat bayramlari maqomini oladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqin orada Ramazon va Qurbon hayitlari davlat diniy bayramlari maqomini oluvchi farmonni imzolaydi. Zelenskiy bu haqda Qrim tatarlar vakillari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.
Ukraina prezidenti, shuningdek, Qrim tatar xalqi qatliomi qurbonlari xotirasi kuni munosabati bilan hamdardlik bildirgan. 18 may 2015 yildan beri ushbu kun sifatida xotirlanib kelinadi.
Zelenskiy uchrashuvda Qrim tatar xalqi vakillari oliy diplomatik darajada bildirilishlari kerakligini aytgan. Shu munosabat bilan u Emina Japarova nomzodini tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlash bo‘yicha kelishib olgan.
Ukraina prezidenti Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra, Xerson oblastida Qrimdan ko‘chib kelgan Qrim tatarlar uchun 500 ta kvartira qurilishini ma'lum qilgan. Bundan tashqari, Kiyevda yangi jome' masjidi qurish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026
Rossiya qo‘shinlari Izyumga hujum uyushtirdi
20:02 / 14.07.2026
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi
17:50 / 14.07.2026