AI-80 markali benzin narxi 3000 so‘m bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Foto: KUN.UZ
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli bo‘lgan Chinobod neft bazasi tomonidan AI-80 markali benzin narxi 3000 so‘m qilib belgilanganiga oid ma'lumotlar tarqaldi. Ma'lum bo‘lishicha, neftbaza ushbu markadagi benzinni 3000 so‘mdan faqat yuridik shaxslarga sotadi.
Kun.uz’ning ishonchli manbalari “Chinobod neft bazasi” MChJ tomonidan Buxoroda ishlab chiqariladigan AI-80 markali benzinni birjadan arzonroq sotib olgan va uni o‘zining transport, soliq, ishchilarining oyligi kabi xarajatlarini hisobga olib 3000 so‘m qilib belgilagan.
Lekin jismoniy shaxslar benzinni bu narxda sotib olisha olmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan narx ulgurji narx bo‘lib, faqatgina AYoQShlar AI-80 markali benzinni ushbu narxda sotib olishi mumkin. AYoQShlar ham o‘z navbatida transport, soliq, ishchilarga to‘lanadigan maosh va boshqa xarajatlarni qo‘shib, benzinni 3500 so‘mdan 4000 so‘mgacha sotishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 1 may kunidan boshlab Ai-80 markali benzin va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan.
Shuningdek, neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi faqat birja savdolari orqali sotilishi belgilab qo‘yilgan.
3 maydan e'tiboran AI-80 markali benzin narxi 500 so‘mga arzonlashib, 4000 so‘mdan sotuvga chiqarilgandi. Shuningdek, dizel yoqilg‘isining narxi ham arzonlashgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 18:14
-
Hindiston Kashmirda sayyohlarga uyushtirilgan hujumdan keyin pokistonliklar vizasini bekor qildi
Jahon | 18:09
-
Andijonda zilzila yuz berdi
O‘zbekiston | 17:40
-
Istanbuldagi zilzilada kuchli qo‘rquv tufayli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Jamiyat | 17:25
Mavzuga oid

18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi

21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi

13:23 / 10.03.2025
430 tonna Ai-80 benzinini noqonuniy ravishda sotib yuborgan MChJ aniqlandi

23:00 / 05.03.2025