Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy narx arzonlashganidan foydalanib rekord hajmda neft sotib oldi
Xitoy neft narxi pastligidan foydalanib, “qora oltin”ni rekord hajmlarda sotib olmoqda. Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda Xitoy portlariga neft ortilgan 117 ta supertanker yo‘nalmoqda.

Bu haqda tankerlar harakatlanishini qayd qiluvchi kompaniya ma'lumotlariga asoslanib Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, hozirda Xitoy portlari tomon har biriga 2 mln barreldan neft ortilgan 117 supertanker yo‘l olmoqda. Ular Xitoy sohillarigacha may-avgust oylarida yetib borib, umumiy hisobda 230 mln barrel neft yetkazadi. Taxmin qilinishicha, ushbu neftning katta qismi Xitoy tomonidan neft qazib olish hajmi haddan ziyod ko‘payib ketgani va neft saqlovchi omborlar taqchilligi yuzaga kelgani sababli WTI nefti narxi tarixda ilk bor nol qiymatdan tushib ketgan aprel oyida sotib olingan.
Ta'kidlanishicha, Xitoy neftni geosiyosiy maqsadda va narx siyosatidan kelib chiqib xarid qilmoqda. Aprelning ikkinchi yarmida esa buning uchun ideal sharoit yuzaga kelgan.
Bloomberg’ning ta'kidlashicha, neft tashish uchun tarixda ilk bor bunday ko‘p sonda tankerlar jalb qilingan.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, Xitoyga neft yetkazilishi hajmining ortishi aksariyat davlatlar koronavirus sababli kiritilgan cheklovlarni yengillashtirishni o‘ylayotgan bir vaqtda Xitoy iqtisodiyoti sekin-asta tiklanayotganidan yana bir bor darak beradi.
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
Mavzuga oid

10:19
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

20:34 / 11.07.2025
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi

14:24 / 11.07.2025