AQShning eng boy odamlari boyligi 2 oyda 434 mlrd dollarga ko‘paydi
Amerikalik milliarderlarning umumiy boyligi koronavirus pandemiyasi sharoitidagi og‘ir iqtisodiy vaziyatga qaramay, 2 oy ichida 434 mlrd dollarga yoki 15 foizga ko‘paydi.
Bu haqda Americans for Tax Fairness va Institute for Policy Studies tahliliy guruhining tadqiqotida ma'lum qilingan. Tahlil uchun 18 martdan 19 maygacha davr olingan, tadqiqot Forbes ma'lumotlari asosida o‘tkazilgan.
Amerikalik milliarderlarning (600 kishidan ko‘proq) umumiy boyligi pandemiya sharoitida 2,948 trlndan 3,382 trn dollargacha oshgan. Eng boy besh amerikalik - Jyeff Bezos (Amazon asoschisi), Bill Geyts (Microsoft asoschisi), Mark Tsukerberg (Facebook asoschisi), Uorren Baffet (Berkshire Hathaway rahbari) va Larri Ellison (Oracle asoschisi) o‘z boyliklarini 75,5 mlrd dollarga yoki 19 foizga ko‘paytira olishgan. Bu umumiy o‘sishning 21 foizini tashkil qiladi
Tadqiqotda ta'kidlanishicha, mart oyida amerikalik milliarderlar ro‘yxatida 614 kishi bo‘lgan, 2 oyda ularning soni 630 nafargacha ko‘paygan. Yangi milliarderlar orasida rep ijrochi Kane Uest ham bor.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024