Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusdan eng ko‘p o‘lim qayd qilindi
Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusdan 150 kishi vafot etdi. Bu pandemiya boshidan beri mamlakat uchun bir kun ichida koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
21 may holatiga, Rossiyada koronavirusdan 127 kishi vafot etgandi. Bu boradagi avvalgi antirekord 20 may kuni (135 ta o‘lim) qayd qilingan.
Eng ko‘p o‘limlar Moskvada (so‘nggi kunda 73 ta, hammasi bo‘lib 1867 ta o‘lim), Dog‘istonda (mos ravishda, 24 ta va 65 ta o‘lim), Moskva viloyatida (13 ta va 312 ta), Nijyegorodsk oblastida (4 ta va 57 ta) qayd qilingan.
So‘nggi sutkada koronavirusdan o‘lim holatlari mamlakatning 24 ta mintaqasida qayd qilinib, mamlakat bo‘yicha umumiy soni 3249 taga yetgan.
Shuningdek, so‘nggi sutkada koronavirusga chalinishlar soni 8894 tani tashkil qilgan.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026