Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 2500dan oshdi
Qayd etilishicha, hozirda mamlakatda 3151 kishi shifokorlar kuzatuvida bo‘lib turibdi, oxirgi sutka davomida 1089 kishi bu kasallikdan sog‘aygan.
Tojikistonda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 2551 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
"Juma oqshomi holatiga ko‘ra, Tojikistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 201ta yangi holat qayd etildi, bemorlar soni 2551 nafarga yetdi, sutka davomida bu kasallikdan vafot etganlar bo‘lmadi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirda mamlakatda 3151 kishi shifokorlar kuzatuvida bo‘lib turibdi, oxirgi sutka davomida 1089 kishi bu kasallikdan sog‘aygan.
Tojikiston hukumati va sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus profilaktikasi va uni davolash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.
21 may kuni Tojikistonda 3 kishi koronavirus sabab vafot etgandi va kasallik qurbonlari soni 44 nafarga yetdi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024