«Asaka City» qurilishi qariyb 100 mln dollarga tushadi - tafsilotlar
«O‘zavtosanoat» AJ Andijon viloyatida «Asaka City» zamonaviy turar joy mavzeyini qurishni boshladi.

Foto: "O‘zavtosanoat"
Kompaniya xabariga ko‘ra, bundan ko‘zlangan maqsad – aholi va avtomobil sanoati korxonalari ishchilarining turar joyga ehtiyojini qondirish va yangi ish o‘rinlari yaratishdir.
Turar-joy majmuasi qurilishi 98 mln dollarga baholangan.
«Majmua qurilishida 7 700 kishi ishtirok etadi. Tayyor turar joylar esa 5 000 oilani uy bilan ta'minlaydi, bu – kichikroq aholi punkti aholisiga tengdir», – deyiladi xabarda.
Ma'lum bo‘lishicha, majmua Asaka tumanidagi Chek mahallasida, 45 gektar maydonda joylashadi.
Jami 4631ta xonadonli 71ta ko‘p qavatli turar joydan tashqari, majmua tarkibiga 2ta maktabgacha ta'lim muassasasi (320 o‘ringa), 1500 o‘rinli maktab, 250 o‘rinli shifoxona, bog‘, 10 000 kvadrat metr maydonga ega savdo markazi va boshqa obektlar kiradi.
Ta'kidlanishicha, yangi uylar va binolar qurilishi «eng ilg‘or zamonaviy qurilish texnologiyalariga asoslangan va odatiy uylardan tejamkorligi hamda energosamaradorligi bilan» ajralib turadi.
Asakada qurilish materiallari zavodi va 4ta korxona ham quriladi
Xabarda aytilishicha, «O‘zavtosanoat» loyihani amalga oshirish maqsadida va import o‘rnini bosish tendensiyasini e'tiborga olib, sanoat chiqindilarini qayta ishlashga va majmuaning sifatli qurilishini ta'minlashga qaratilgan, qiymati 20 mln. dollarlik loyihalarni ham amalga oshirmoqda.
Qurilishi 2020 yil 3-choragiga rejalangan, zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar asosida qurilish materiallari va jihozlar ishlab chiqarish zavodi ham Asaka tumanida joy oladi.
Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot «Asaka City» majmuasi qurilishida ishlatiladi, bu binolar tannarxini kamaytirish va aholini qo‘shimcha ish o‘rinlari bilan ta'minlash imkonini beradi.
Bundan tashqari, mahsulotning bir qismini ichki va tashqi bozorlarda sotish rejalashtirilgan.
Korxonada MDF va metalldan eshiklar, zinalar uchun panjaralar, polistirolbeton va gipsdan bloklar, lok-bo‘yoq mahsulotlari, beton konstruksiyalari va boshqa qurilish materiallarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan, kelgusida ular «Asaka City» majmuasi qurilishida ishlatiladi.

Loyiha doirasida tuziladigan, sanoat chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha to‘rtta korxona 35 000 tonna import o‘rnini bosuvchi mahsulot: 5700 tonna qog‘oz, 4000 tonna taxta va 1300 tonna plastmassa buyumlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Ishlab chiqarishlar joriy etilgach, korxonalarda yaqin tumanlardagi 2300 nafar aholi ishga joylashadi.
Umuman, Asaka City majmuasini qurish loyihasi 10 000 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi, deyiladi «O‘zavtosanoat» press-relizida.
Eslatib o‘tamiz, loyiha haqidagi ayrim tafsilotlar prezident Shavkat Mirziyoyevning 21-22 may kunlari Andijon viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida ma'lum bo‘lgan edi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

07:52 / 11.05.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

16:04 / 10.05.2025
Xitoy Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi mumkin

08:31 / 09.05.2025