Bugun besh hududda aholi orasida yangi zararlanish holatlari aniqlandi
24 may kuni O‘zbekistonda jami 49ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 33 bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha 2565 kishi sog‘aygan, ayni vaqtda shifoxonalarda 586 bemor davolanmoqda.
Bugun yangi holatlar beshta hududda - Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand, Namangan va Navoiyda qayd etilgan.
Xususan, Toshkentda 12, Navoiyda 5, Samarqandda 3 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
Bugungi holatlarning 5tasi xorijdan kelganlar, 8tasi karantindagilar bilan bog‘liq, aholi orasida 36ta zararlanish holati aniqlangan.
Navoiy viloyatida aholi orasida 16ta holat aniqlandi. Bugun bu viloyatda 8 bemor tuzaldi. Shifoxonalarda 78 bemor davolanmoqda.
Toshkent shahrida aholi orasida 9ta holat aniqlandi. Poytaxtda 13 bemor tuzaldi. Ayni vaqtda shifoxonalarda 376 bemor davolanmoqda.
Samarqand viloyatida aholi orasida 8ta holat aniqlandi, 12 bemor tuzaldi. 102 bemor shifoxonalarda qolmoqda.
Toshkent viloyatida aholi orasida 2ta holat aniqlandi (viloyatda kasallik tasdiqlangan bemorlar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi).
Namangan viloyatida aholi orasida 1ta holat aniqlandi. Viloyatda so‘nggi kunlarda yangi holatlar aniqlanmayotgandi. Shifoxonalarda 10 nafar bemor bor.
Ayni paytda 3164ta kasallanish holatidan 2565 bemor butunlay sog‘aygan. Hozirda respublikaning 7 hududidagi davolash muassasalarida 586 nafar bemor davolanmoqda.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021